22:24 O‘zbekistonda 50-o‘lim qaysi viloyatda aniqlandi? | |
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan navbatdagi bemor ham vafot etdi. Mamlakatda o‘lim holatlari 50 taga yetdi. Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 53 yoshli N.S. joriy yil 20 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. 22 iyun kuni esa bemorning ahvoli og‘irlashib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga ko‘chirilgan. Unga “COVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, unda gipertoniya kasalligi ham qayd etilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|