09:53 O‘zbekistonda harorat -15 darajagacha tushib ketadi – "O‘zgidromet" | |
Sinoptiklarni ma’lum qilishicha, 13-14 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 13-14 martda respublikada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 14-15 martda harorat kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi. 13-14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Manba: "aniq.uz"
| |
|