17:11 O‘zbekistonda havo harorati ko‘tariladi | |
Darakchi.uz nashriga O‘zgidrometdan xabar berishlaricha, 2 kun sovuqdan so‘ng 27 oktyabrdan termometr ustuni darajalar ko‘tariladi. Aytish joizki, so‘nggi kunlarda havo harorati iqlim me’yoridan 6-8 daraja past bo‘ldi. Bu Ural hududidan sovuq havo oqimining kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ldi. O‘zbekistondagi oktabr oyi uchun bunday sovuq xos emas, sababi so‘nggi yillarda mamlakatimizda iliq kuz kuzatiladi, deya xabar beradi O‘zgidromet. Shunga qaramay sovuq kunlarda harorat rekordi qayd etilmadi. So‘nggi marta eng sovuq oktabr 1909 yilda qayd etilgandi – minus 11˚S. Eng issiq oktabr rekordi 1984 yilda qayd etilgan – +35 ˚S.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|