23:14 O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha odam ishsiz qolgani ma’lum bo‘ldi | |
Bir yarim milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari koronavirus pandemiyasi tufayli ishsiz qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov “Cotton Campaign“ xalqaro koalisiyasiga yuborgan maktubida ma’lum qildi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda Avval xabar berilganidek, Nozim Husanov “Cotton Campaign“ xalqaro koalisiyasiga o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yilgan boykotni olib tashlashni so‘rab xat yo‘llagan. U o‘z maktubida mamlakatdagi ishsizlik darajasi haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Shu munosabat bilan, vazir koalisiyadan o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga boykotni olib tashlashni so‘ragan. Uning ta’kidlashicha, ushbu taqiqni olib tashlash jahondagi tibbiy niqob va boshqa shaxsiy himoya vositalari tanqisligiga barham berishga sabab bo‘ladi.
“Cotton Campaign“ – xalqaro tashkilot bo‘lib, uning maqsadi paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatini yo‘q qilishdir. Uning faoliyati tufayli Yevropa va AQShning ZARA, ADIDAS kabi ko‘plab yetakchi brend va kompaniyalari o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik buyumlarini sotib olishdan bosh tortgan. Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda “Cotton Campaign“ AQShga O‘zbekistonni bolalar mehnati evaziga paxta yig‘im-terimi olib boriladigan mamlakatlarning tegishli ro‘yxatidan chiqarmaslikni so‘rab murojaat qilgan. Bunga sabab qilib 2017 yilda bolalarni paxta terimiga jalb qilish holatlari qayd etilgani ko‘rsatilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|