15:31 O‘zbekistonda yana bir shahar “yopildi”, karantin keskin kuchaytirildi | |
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joriy yilning 28 iyun kuni soat 00:01 dan boshlab karantin choralari keskin kuchaytirildi. Bunga Navro‘zobod MFYda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani sabab bo‘lgan. Shahar hududida 28 iyun soat 00.01 dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga chegaradosh Xovos tumani Yangiyer mahallasidan (Paxtakor ko‘chasida), Turkiston mahallasidan (Tinchlik ko‘chasida), Yangiyer shahar Obodyurt mahallasida Yangi asr va A.Temur ko‘chalari, Paxtakor va A.Temur ko‘chalari, Shodlik mahallasida A.Navoiy va Yangibog‘, Talabalar va Yangibog‘ ko‘chalari kesishgan joyda shaharga kirish yengil va temir-beton to‘siqlardan foydalangan holda blok postlar o‘rnatiladi hamda bu ko‘chalarga avtotransport vositalarining kirib chiqishi qisman cheklanadi.Bu haqda Yangiyer shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Yangi tashkil etilgan blok postlarda shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan dezinfiksiyalovchi postlar tashkil etiladi. Shaharga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi. Shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ravishda shahar markazida joylashgan dehqon bozori, savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi va dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Mulkchilik va idoraviy bo‘ysinuvidan qat’i nazar shahardagi barcha tashkilot korxona va muassasalar rahbarlariga karantin qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha shaxsan birinchi rahbarlar mas’ul etib belgilanmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|