14:52 O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 100 nafarga yaqinlashdi | |
Bugun 14 aprel kuni Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlar Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Ma’lum qilinishicha, ularda 2 nafari Turkiyadan Toshkentga charter reys bilan kelgan.
Ayni paytda qadar mamlakatda bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 99 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|