16:42 O‘zbekistonda yana qor va sovuq harorat kutilmoqda | |
Ushbu haftada O‘zbekistonda yana harorat soviy boshlaydi. Biroz iliq fursatdan so‘ng mamlakatimizga Rossiyaning Povolojya hududidan yana nam va sovuq havo oqimi kirib keladi. Qishning so‘nggi kuni hali iliq bo‘ladi. 1 martdan e’tiboran harorat pasaya boshlaydi. Shu kuni O‘zbekistonda yomg‘ir, 2 martdan esa qor yog‘ishi kutilmoqda. 3 martdan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +3...+8 ˚C tushadi, tunda minus 3˚C pasayadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|