01:01 O‘zbekistonliklar Hayit bayrami munosabati bilan uch kun dam oladilar | |
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda rasman uch kun dam olish kuni qilib belgilanadi. Bu haqda 2017 yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonning sharhida keltirilgan. Eslatib o‘tamiz, Ramazon-hayiti bayrami sanasi, bayramga yaqin kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolanadigan qarorda belgilab beriladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|