17:11 Hayit bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? | |
Ko‘pchilik o‘tgan 2 yil davomida Hayit bayramlari arafasida 3 kun dam olgani uchun, yana shunaqa bo‘larmikin, degan ma’noda savol bermoqda.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev ushbu savolga atroflicha javob berib o‘tdi. Ammo joriy yilgi Ramazon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlarida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Ya’ni: Ertaga 23 may, shanba kuni - odatdagiday 5 kunliklar dam oladi, 6 kunliklar ishlaydi; 24 may, yakshanba kuni - odatdagiday hamma dam oladi. Hayit bayrami yakshanba kunga to‘g‘ri kelgani uchun 2 ta dam olish kuni bir kunda o‘tib ketadi; 25 may, dushanba kuni - odatdagiday barcha xodimlar uchun ish kuni. P.S.: avval ham bir necha bor ta’kidlaganimizdek, tezroq Mehnat kodeksining yangi tahririni qabul qilib, agar dam olinadigan bayram kunlari yakshanba kunga to‘g‘ri kelsa, unda keyingi dushanbani barcha uchun dam olish kuni deb hisoblash haqidagi qoidani kiritish lozim. Bu xodimlarning huquqi, o‘sha huquqni tezroq ta’minlash kerak.
Manba: "xabar.uz"
| |
|