21:54 Prezident qarori bilan dam olish kuni ko‘chirildi | |
Dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidentining qarori imzolandi, deya xabar beradi O‘zA. Unga ko‘ra, 9 may – Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2017 yil 6 may shanba dam olish kuni 8 may dushanba kuniga ko‘chirildi va ish kuni deb hisoblandi. 8 may dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|