Главная » 2021 » Август » 26 » O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi aytildi
15:08

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasi aytildi


Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev vazirlik faoliyati yuzasidan senatorlarning savollariga ham javob berdi.

Xususan, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha F.Arziyev O‘zbekiston Afg‘onistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar o‘rtasida Afg‘onistonning yangi hukumatini tuzish bo‘yicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor, deb ta’kidladi. O‘zbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashi aytildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalqaro hamkorlariga Afg‘onistondan fuqarolarni tranzit yo‘li bilan xavfsiz joyga ko‘chirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afg‘onistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. Tranzit yo‘li bilan O‘zbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi.

Afg‘onistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakilatxonalari faoliyati to‘xtatilgani, o‘z navbatida O‘zbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib o‘tildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pozitsiyasi, O‘zbekistonning, Afg‘oniston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz