01:23 «O‘zbekkino» “Ilhaq” badiiy filmi bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi | |
Bugun davlat va nodavlat telekanallarda prezident tashabbusiga ko‘ra “O‘zbekkino” MA buyurtmasiga asosan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Agentlikning yuridik xizmati boshlig‘i Bobir Muqadamovning ma’lum qilishicha, ayrim shaxslar tomonidan ushbu film telegram kanallari va Youtube resursida ham qo‘yilyapti. “Bu holat esa ushbu film milliy kinomahsulot sifatida Kann, Berlin, Oskar va boshqa xalqaro kinofestivallarda chiqishini to‘xtatib qo‘yadi. Shu sababdan, “O‘zbekkino” MA barcha telegram kanallari adminlari va YouTube kanali egalaridan ushbu filmni o‘chirishlarini so‘raydi. Aks holda, ushbu resurslar egalari qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiramiz! O‘zbek kinosining xalqaro darajada tan olinishiga o‘z hissangizni (shunchaki filmni o‘chirib) qo‘shasiz degan umiddamiz” – deydi B. Muqadamov.
Manba: "aniq.uz"
| |
|