Главная » 2020 » Декабрь » 27 » “O‘zgidromet” 28-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
18:28

“O‘zgidromet” 28-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi


“O‘zgidromet” 28-dekabr, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14—19 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq—3 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8—13 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz