21:52 O‘zMUda «ziyoli snayperlar» qo‘lga tushdi | |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bu yil xujjatlar qabul qilishda abiturientlar va ularning ota-onalari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib qo‘yildi. Ayniqsa xujjatlarni onlayn tarzda ro‘yhatdan o‘tkazishni joriy etilganligi yangilik bo‘ldi. Shu bilan birgalikda dasturiy vositalarning ishonchliligi, xavfsizligi masalalriga alohida e’tibor qaratildi. Xususan 2017-2018 o‘quv yili uchun abiturientlar qabuli jarayonida hujjat topshiruvchini hujjatini qabul qilishda va test sinovlarini o‘tkazishda biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abiturientlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimi, shuningdek, yuzidan tanuvchi va barmoq izlari skaner orqali shahsni aniqlashga qaratilgan texnologiya qo‘llanilmoqda. Shunga qaramasdan, 2017 yilning 11 iyul kuni O‘zMUning Jurnalistika va Fizika fakultetlariga 1993 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaro Hasanov Bobur va 1998 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro Yoqubov Shaxzodbeklar boshqa bir abiturientning o‘rniga hujjatlarini topshirishga urinishganlarida mazkur dastur yordamida sohta abiturient ekanliklari aniqlandi va xuquq tartibot organlariga ma’lumotlari taqdim etildi. Bu haqda O‘zMU Qabul komissiyasi Axborot xizmati xabar berdi. Masalaning eng qiziq tomoni har ikki fuqaro ham o‘zini “Biz “ziyoli snayperlar”miz, xech qanday ayb ish qilganimiz yo‘q...”-deb da’vo qilishgan. Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Qabul komissiyasi barcha abiturientlar va ularning ota-onalarini yuqoridagi kabi “ziyoli snayperlar” ning tuzog‘iga ilinib qolmaslikka chaqiradi. Shuningdek, yuqoridagi yangi “aqlli texnologiya” 2017 yilning 1 avgust kuni O‘zMUning barcha fakultetlarida to‘liq ishlashini ham ma’lum qiladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|