11:11 OAV: Elyor G‘aniyev Transport vaziri lavozimidan ketdi | |
2020-yil yanvar oyidan buyon Transport vaziri sifatida ishlab kelgan Elyor G‘aniyev lavozimidan ozod etilgan. «Gazeta.uz» manbasiga ko'ra, bunga uning boshqa ishga o‘tayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan. G‘aniyevning yangi ish joyi va Transport vaziri lavozimini kim egallashi hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Elyor G‘aniyev besh yil davomida (2012—2017-yillar) Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri sifatida ishlagandi. 2019-2020-yillarda Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|