19:35 Ob-havo ma’lumoti: ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin | |
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 18 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +9 daraja, kunduzi +15 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 ... +3, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +13 ... +18 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|