18:34 Obid Asomov "Multiplikasion filmlar studiyasi"ga direktor etib tayinlandi | |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Agzamovich Asomov "Multiplikasion filmlar studiyasi" DUKga direktor lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar berdi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3176- sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 1030-sonli qarorlariga asosan "Multiplikasion filmlar studiyasi" DUK tashkil etilgan. Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan. 1993 yilda “Obid-A” teatrini tashkil qilgan. O‘zbekiston va xorijda mashhur qiziqchi, iste’dodli aktyor sifatida tanilgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|