17:05 Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanali direktorligidan ketdi | |
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanali direktorligidan ketdi. Bu haqda UZ24 ma’lum qildi. Sayt manbasining xabar berishicha, xonanda o‘z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketmoqchiligini rahbariyatga ma’lum qilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, u telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettiradi. Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanali rahbari etib tayinlangan, o‘tgan hafta uning tashabbusi bilan tayyorlangan yangi teleloyiha efirga uzatilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|