10:56 Xorazmda er va xotinga tegishli qimmatbaho avtomobillar yonib ketdi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida bir nechta avtomashinalar yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi. Qayd etilishicha, kecha 27-noyabr kuni soat 06:00 atrofida Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan avtoturargohda Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro E.S.ga tegishli “Malibu” rusumli avtomashinaning motor qismi, ikki old shinasi va qisman salon qismi yongan, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i M.J.ga tegishli “Hongqi T55” rusumli avtomobil to‘liq yonib ketgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 06:04 da yetib borgan hamda olov 06:08 da o‘chirilgan. Qayd etilishicha, hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda. “Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q”, – dekyiladi xabarda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|