O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov oltinchi bor nabirali bo‘ldi. So‘z ustasi bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
Aslida qizaloqning tug‘ilganiga bir oydan oshgan. Biroq, so‘z ustasi bu haqda ma’lum sabablarga ko‘ra kech xabar berayotganini ma’lum qilgan.
“Bolaligimdan hind kinolaridan “Sangam”ni yaxshi ko‘rganman! Shuning uchun ikkinchi qizimizning ismini Nargiz qo‘yganmiz. Gap shundaki, Nargiz qizimiz yaqinda ikkita o‘g‘ildan keyin qiz nabira sovg‘a qildi.
Irimchiroqman, shuning uchun kichik chillasi chiqib, endi aytayapman. Qisqasi, “shestikratniy dedushka” bo‘ldim! Bundan katta baxt bo‘lmasa kerak. Yaratganga behisob shukr!”, deydi Asomov.
Eslatib o‘tamiz, so‘z ustasi Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabrda Toshkentda tavallud topgan. Rafiqasi Dulfuza Asomova bilan Dilorom, Nargiza, Odilxon, Nozima ismli farzandlarni voyaga yetkazishgan.