Главная » 2020 » Апрель » 23 » Og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari qanchaligi ma’lum bo‘ldi
21:49

Og‘ir ahvoldagi koronavirus bemorlari qanchaligi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 18 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

“Bemorlarimizning 18 nafari og‘ir holatda. Ulardan 6 nafari o‘ta og‘ir holatda, 12 nafari o‘rta og‘ir holatda. Foiz hisobida bu 1,4 foizni tashkil qilyapti. Juda ko‘p davlatlarda og‘ir ahvoldagilar 20 foiz, ayniqsa, yomon oqibat bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan o‘ta og‘ir ahvoldagilar 3-5 foiz atrofida bo‘lyapti”, dedi vazir Alisher Shodmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 10 mingdan ortiq test o‘tkazilyapti. Bugungacha esa jami 210 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 454 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lum bo‘ldi, qanchaligi, bemorlari, Koronavirus, og‘ir ahvoldagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz