Главная » 2017 » Июль » 23 » Oilaviy munosabatlar-jinsiy qoniqmaslik? (+18)
11:16

Oilaviy munosabatlar-jinsiy qoniqmaslik? (+18)


Jinsiy qoniqmaslik erda ham, xotinda ham vujudga keladi. U ayniqsa oilaviy hayotning keyingi 10 yilliklarida yuzaga keladi. Faqat erkak bu haqda ayoliga gapira olsa, ayolda aksincha, bu muammo ichiga yutilib, keyinchalik oddiy turmush muammolari shaklida qaynab chiqadi. Ayol uchun jinsiy aloqa faqatgina jismoniy qoniqish emas, balki kuchli psixologik ozuqa ekan.

Deyarli barcha oilalarda er va xotinning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji oz bo'lsa-da farq qiladi. Ya'ni har doim ham er-xotin bir vaqtda, bir ko'rinishda, bir shaklda jinsiy aloqani istamaydi. Albatta, oilaviy hayotning boshlanishida er-xotinni aloqaga bo'lgan ehtiyoji bir xil bo'lishining iloji bor, lekin vaqt o'tgan sari, orada farzandlar paydo bo'lib, ish-joy o'zgarib, xullas boshqa fakrotlar ta'siri natijasida er-xotinning jinsiy aloqaga bo'lgan ehtiyoji o'zgara boshlaydi. Bu esa o'z-ozidan jinsiy qoniqmaganlik (psixologik, jismoniy) hosil bo'lishiga olib keladi.

Odatda "erkak jinsiy aloqadan qoniqmadi" degan fikr ko'p qo'llaniladi. Lekin, aslida ayollar ichida ham aloqadan qoniqmaganlar juda ko'p. Aloqaning sifatidan, aloqalar miqdoridan, aloqaning davomiyligidan va hokazo.

Nega shunday?

Ayol uchun jinsiy aloqa bu erining unga bo'lgan mehrini, muhabbatini, e'tiborini, bahosini, minnatdorchiligini, hurmatini namoyon qilish shaklidir. Jinsiy aloqadan ayol qanchalik qoniqsa u shunchalik o'zidan mamnun bo'ladi. Ya'ni eri uchun qanchalik suyukli, kerakli va hurmatli ekanligini his eta oladi. Nega ayol aynan jinsiy aloqadan ayolligini his qiladi desangiz, bunga sabab ayolning uyda qolib ketishi. Erkaklar ishga borib u erda o'zini ijtimoiy ehtiyojlarini ro'yobga chiqaradilar. Ya'ni, ishdagi yutuqlar, boshliqning maqtovi, maoshning oshishi, do'stlar orasidagi hurmat va hokazo. Buning barchasi erkak uchun baxo, uning qobiliyatlariga, ishiga, harakatiga bo'lgan minnatdorchilik. Ayolda esa unday emas. Yosh oilada farzand tug'ilgach ayol chaqaloq bilan uyda qolib ketib o'z hayotini farzandi va eriga bag'ishlaydi. Kuni bilan oshxonada yoki uy ishlari bilan band bo'ladi. Shuning uchun, eri kelganda uning e'tiboriga zor bo'ladi. U uchun er ham boshliq, ham do'st, ham dugona, ham hamkasbdir. Afsuski, ishdan charchab kelgan erkak har doim ham ayoliga yetarlicha ahamiyat bera olmaydi. Uyga kelib tinch dam olish istagidagi erkak ayoli kuni bilan faqat erini kutib, u kelganda bollarni uxlatib er-xotin yagona qolish istagida bo'lganini bilmaydi, bilsa ham ayol uchun bu qanchalik muhim ekanligini tushunmaydi. Tushunganda ayolini erkalab, aloqaga undab, ajoyib tunni unga hadya etar edi. Buning barchasi ayolni sevimli odami uchun kerakli ekanligini his etishga yordam beradi, ayol o'zini kuni bilan qilgan harakatlari, ishi, bola tarbiyasi, ovqat qilishi kabi yumushlariga erining unga bo'lgan jismoniy (jinsiy aloqaga undash, o'pish, quchoqlash), ma'naviy (ovqatni maqtash, arzimagan ishi uchun rahmat deyish) munosabatidan o'ziga baho oladi.

Agar erkak aksincha jinsiy erkalashsiz uxlab qolsa yoki faqat o'zini o'ylagan holda tezda jinsiy aloqani yakunlab qo'ysa ayol umuman qoniqlay qoladi. Natijada er-xotin orasida qandaydir muammolar boshlanadi, arzimagan narsadan ayol negadir araz qila boshlaydi, yoki undan ham yomoni janjal ko'taradi. Er esa muammoning asl sababi nimada ekanligini tushunmay qoladi. Asl sabab esa ayolni jismonan qondirish, istang aloqa bilan, erkalash bilan, shirin so'zlar bilan, qolavesa oddiy quchoq bilan.

Agar ayol o'z ehtiyojlari haqida eriga gapira olsa, bu muammolardan saqlanib qolsa bo'lar edi. Umuman olganda er-xotin orasidagi jismoniy yaqinlashuv erkakni ham ayolni ham kayfiyatini oshiradi, uning psixologik holatiga bo'lgan ijobiy ta'siri juda katta. Lekin aloqa qoniqarsiz bo'lsa, uning oqibati aksincha salbiy bo'ladi. Jinsiy aloqadan keyin ayol ham erkak ham birdek bo'shashib, lazzat olgan bo'lishi kerak. Agar erkak o'z maqsadiga erishib, ayoli haqida o'ylamasa, unga ham aloqaning sifati va shakli yoqqanligi haqida bilmay uxlab qolsa, ayoli yostiqqa dardini aytadi yoki ertasi kuni yomon kayfiyatda yoki aksincha tushkunlikda bo'ladi.

Bu muammoni hal qilish ham erkak, ham ayolga bog'liq. Chunki ayol o'z istak va ehtiyojlarini eriga yetkazib bera olmasa, erining qo'lidan hech narsa kelmaydi. Ko'pincha er xotinida jinsiy aloqadan qoniqmaganlik muammosi mavjudligi haqida hatto bilmaydi ham. Agar bilganida, ishontirib aytamanki, qo'lidan kelgancha uni hal qilishga harakat qilardi. Chunki erkakning ayolini qondira olish qobiliyati uning o'ziga bo'lgan hurmatiga, nafsoniyatiga juda katta ta'sir ko'rsatadi.

Faqat ayol o'z muammolari haqida erini ranjitmay, asta-sekin, kerakli so'z va iboralarni ishlatib aytishi kerak. Eriga qarab: "Siz meni qondirmadingiz", - deb aytsa ko'p erkakning nafsoniyatiga juda yomon tegadi. Har bir ayol eriga qaysi yo'l bilan gapirishni biladi. Shu yo'lni topish kerak.

Aks holda, hayot o'taveradi, jinsiy aloqa bora-bora yo'qqa chiqadi, qoniqmaganlik esa keyin oilaviy munosabatlarning yil sayin buzulib ketishiga olib keladi. O'zingiz ham ko'rgandirsiz, ayrim oilalarda yillab birga bir yostiqqa bosh qo'ygan er-xotinda qariganda bir-birlariga alam va ginasi shirin xotiralardan ko'ra ming barobar ko'p bo'ladi. Buning sabablaridan biri esa aynan jinsiy aloqadan qoniqmaganlikdir. Erkakda ham, ayolda ham bunday muammo vujudga kelishi mumkin. Faqat erkaklar o'zlari istagan narsani ayolidan so'ray oladi, kerak bo'lsa talab ham qila oladi, ayrim qalbi bo'sh erkaklar esa qoniqishni ko'chada izlaydilar. Ayolga esa qiyin. Juda kam oilalarda intim mavzuda ochiq oydin suhbatlashish yo'lga qo'yilgan.
Intim munosabatlar juda nozik, u haqda oshxonada gaplashib bo'lmaydi, lekin er-xotin bir-birini xursand qilish niyatida ekan, bu mavzuni "o'rab" ochib turishi lozim.

Agar bir ayolni jinsiy aloqaning shakli qondirmasa, ikkinchisini aloqalar miqdori qondirmasligi mumkin, uchinchisiga esa aloqadan ko'ra erining unga bo'lgan e'tibori, mehri, quchog'ida olib o'tirishi muhim. Hamma oilalar har xil. Lekin oilalardagi muammo deyarli barchada bir xil.

Psixolog T. Myagkova


Manba: "tarona.tv"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: jinsiy qoniqmaslik, Oilaviy munosabatlar, Homiladorlik davrida, jinsiy aloqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz