22:02 Olimlar COVID-19ga qarshi yana bir tabiiy dorini topishdi | |
Asalari zahri virusga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, koronavirus infeksiyasida yordam berishi mumkin, deya fikr bildirishdi Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi universitet va Ortenau Offenburg klinikalari olimlari. Ushbu taxminni tekshirib ko‘rish uchun tadqiqotchilar kasallikka duch kelgan germaniyalik asalarichilardan onlayn so‘rovnomani to‘ldirishni so‘rashdi. So‘rovnoma umumiy (yosh, jins, surunkali kasalliklar) va kasbga doir savollardan tuzilgan: qancha vaqtini ishda o‘tkazishi, bu yil qancha asalari chaqqani, bu ularga qanday ta’sir qilgani shular jumlasidan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 22%i COVID-19 kasalligini boshidan o‘tkazgan. 41 foizi virus tashuvchisi bilan aloqada bo‘lishiga qaramay, kasal bo‘lmagan. Tadqiqot qatnashuvchilarining aksariyati u yoki bu shaklda propolisni ishlatgan: uni asalarilar uyadagi yoriqlarni yelimlashda ishlatishadi. «Asalari zahrining virusga qarshi samarasi bir qancha tadqiqotlarda topilgani bois, COVID-19 kasalligida asalari zahridan foydalanish profilaktik yoki ahvolni yengillatuvchi ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligini istisno qila olmaymiz», — deya ta’kidlashdi mualliflar. Mutaxassislarning fikricha, asalari zahri ta’sir ko‘rsatishi uchun uni kasallikning boshida qo‘llash kerak.
Manba: "xabar.uz"
| |
|