19:47 Olimlar koronavirus kushandasining ta’sirini isbotlashdi | |
Yaponiyalik olimlar ultrabinafsha koronavirusni o‘ldirishini isbotlashdi. Xirosima universiteti mutaxassislarining tadqiqoti «American Journal of Infection Control» jurnalida chop etildi. Ultrabinafsha ta’siri natijasida 99,7% koronavirus hujayrasi halok bo‘ladi. Bunda to‘lqin uzunligi 222 Hm.ni tashkil etishi kerak. Negaki, shunday holatda u teri ostiga kirib, tirik hujayralarni nobud qilmaydi. Olimlarning fikricha, mazkur kashfiyot shifoxonalarni dezinfeksiyalashga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|