23:11 Olimlar koronavirus uchun qopqon o‘ylab topishdi | |
Shimoliy Karolina universiteti mutaxassislari maxsus nanoqopqonlar yordamida koronavirusni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda. SARS-CoV-2 yuqish mexanizmi quyidagicha ishlaydi: boshoqli oqsil yordamida virus hujayra yuzasida angiotenzinga o‘zgaruvchi 2 (ACYe2) fermentiga yopishadi va uning ichiga kirib oladi. Uni aldash uchun mutaxassislar ACYe2 retseptorlariga o‘xshash inson o‘pka sferoid hujayralaridan (LSC) zarralar tayyorlashdi. Ushbu zarralar koronavirus uchun ko‘plab soxta nishonga aylanib, uning organizmga yuqishiga va ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Olimlar ushbu davolash usulini avval sichqonlarda, so‘ngra maymunlarda sinab ko‘rishdi. Nanoqopqonlar ingalyasion terapiya yordamida hayvonlarning organizmiga kiritiladi. LSC-xo‘raklar o‘pkada fibroz va yallig‘lanishni kamaytirdi, shuningdek virusni organizmdan chiqib ketishini tezlashtirdi. Bunday davolash usuli bir nechta afzalliklarga ega. Birinchidan, nanoqopqonlar inson tanasiga ingalyasiya yordamida invaziv bo‘lmagan usulda yetkazilishi mumkin. Ikkinchidan, xo‘raklar uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Uchinchidan, xuddi shu LSC boshqa klinik sinovlarda ham qo‘llaniladi. Shu bois ular yaqin kelajakda ishlatilishi ehtimoldan xoli emas.
Manba: "xabar.uz"
| |
|