20:10 Olimlar koronavirusning zaif nuqtasini topishdi | |
SARS-CoV-1, SARS-CoV-2 va MERS-CoV guruhidagi koronaviruslarning bitta umumiy zaif nuqtasi bor. Bu samarali dori vositalarini yaratishga umid bag‘ishlaydi. Jorjiya shtati universiteti biotibbiy fanlar instituti olimlarining bu boradagi tadqiqotlari va xulosalari «Science» jurnalida chop etildi. Virusga qarshi an’anaviy dori vositalarining muammosi shundan iboratki, ular mutatsiyaga uchrab, dorilarga chidamlilikni ishlab chiqaradigan virus fermentlariga ta’sir o‘tkazadi. Shu bois virusni ko‘paytirishga mas’ul bo‘lgan oqsillarga ta’sir o‘tkazish samaraliroq. Olimlar yuqorida sanab o‘tilgan viruslar bilan o‘zaro aloqaga kirishadigan zararlangan hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan 300 dan ortiq oqsilni aniqlashdi. Bunda odam organizmidagi virusli zarralar miqdoriga kamroq ta’sir ko‘rsatadi — taxminan 20 ta. Ular orasida Tom70 retseptorli oqsil bo‘lib, u oqsilli molekulalarning sitozoldan mitoxondriyaga o‘tishida hamda oqsillarning mitoxondrial signallarini faollashtirishda ishtirok etadi. Shu tariqa, Tom70 koronaviruslarga yordam beradi, biroq Orf9b koronavirus geni bilan o‘zaro aloqaga kirishganda ushbu ferment keng miqyosda ta’sir o‘tkazuvchi virusga qarshi preparatlar uchun dori mo‘ljali sifatida ishlatilishi mumkin, deya ta’kidlaydi tadqiqotchilar.
Manba: "xabar.uz"
| |
|