20:53 Olimlar umrni uzaytiradigan mahsulotni topishdi | |
Amerikalik olimlar chili qalampirini muntazam iste’mol qilish bevaqt o‘lim xavfini kamaytirib, umrni uzaytirishi mumkinligini aniqladilar, deya xabar berdi «Fox News» telekanali. Amerikaning kardiologlar assotsiatsiyasi mutaxassislari o‘tkazgan tajriba chog‘ida dunyoning yetakchi beshta sog‘liqni saqlash tizimi ma’lumotlar bazasidagi 4 729 ta tadqiqotni tahlil qilishib, Italiya, Xitoy, Eron va AQShdagi 570 ming odamning ko‘rsatkichlarini taqqoslashdi. Olimlar muntazam chili qalampirini iste’mol qilganlarda o‘lim xavfi yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan 26%, saratondan 23%ga kamayganligini aniqlashdi. Shuningdek, boshqa xastaliklar bilan bog‘liq o‘lim xavfi ham o‘rganildi. Unga ko‘ra chili qalampirini iste’mol qiluvchilar orasida ushbu mahsulotni umuman iste’mol qilmaydiganlar bilan solishtirganda o‘lim xavfi 25% kam chiqqan. Chili qalampirining bunday xususiyati uning antioksidant, yallig‘lanishga va o‘smaga qarshi kurashishi, shuningdek, qonda glyukoza miqdorini nazorat qilishi bilan izohlanadi. Mazkur mahsulotning organizmga ta’sir ko‘rsatish mexanizmi hali qo‘shimcha o‘rganilishini talab etadi, deya ta’kidlashmoqda olimlar.
Manba: "xabar.uz"
| |
|