Главная » 2020 » Сентябрь » 6 » Olimlar tishni kariyesdan himoya qilishning yangi usulini topishdi
09:20

Olimlar tishni kariyesdan himoya qilishning yangi usulini topishdi


Illinoys universiteti mutaxassislari tajriba doirasida, kelajakda tishlarni kariyesdan himoyalovchi tish yuvish pastasi yaratish imkonini beradigan kimyoviy asosni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tish kariyesining rivojlanishiga og‘iz bo‘shlig‘idagi Streptococcus mutans bakteriyalar sabab bo‘ladi. Avvallari ushbu bakteriyalarni yo‘q qilish uchun rux, mis oksidi yoki kumush ishlatilgan, ammo ushbu birikmalar zararli bakteriyalar bilan birga foydalilarini ham yo‘q qilgan.

Olimlar yechim sifatida seriy oksidi nanozarrachalari tarkibiga e’tibor qaratgan.

Avvaliga ular mikroblarda qanday o‘zgarish bo‘lishini kuzatish uchun, ozuqa eritmali polistrol plastinkalarini, S.mutans bakteriyalari bilan qoplagan keyin seriy oksidi nanozarrachalarini qo‘shgan. Kuzatish davomida nanozarrachalar bioplyonkaning paydo bo‘lishini 40 foizga kamaytirishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i hujayralari uchun kam toksinli ekani aniqlangan.

Mutaxassislar, mazkur zarrachalarni, emalni mustahkamlaydigan ftor bilan qo‘shib, tishlarni kariyesdan himoya qiluvchi pasta yaratishni mo‘ljallagan, deyiladi xabarda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tishni, olimlar, himoya qilishning, kariyesdan, topishdi, yangi usulini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz