13:08 Olimlar koronavirus pandemiyasi “aybdorlari”ni ma’lum qildi | |
Butun dunyoda koronavirus pandemiyasining boshlanishiga “supertarqatuvchilar” sabab bo‘lgan. Bu kabi xulosa Polsha fanlar akademiyasi va Varshava universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida keltirilgan bo‘lib, u Royal Society Open Science saytida e'lon qilingan. Mutaxassislar epidemiyaning dastlabki bosqichida virusning reproduktiv indeksini (bir nafar bemordan kasallangan insonlar soni) 2 va 4 oralig‘ida baholagan. Biroq yangi hisob modeliga ko‘ra, mutaxassislar Xitoy, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi eksponsial davrda kasallanganlar sonining ortishi ushbu ko‘rsatkich 11,4 ga yetganini aniqlangan. Bunga supertarqatuvchilar — katta ehtimollik bilan virusni tarqatuvchi bemorlar. Kompyuter modellashtirish virus tarqalishining ikkita fazasini aniqlangan. Kasallanishning dastlabki bosqichi sekin ketgan, biroq keyin “supertarqatuvchilar”ning ommaviy tadbirlarda bir foizga yetishi oqibatida infeksiyani yuqtirish holatlari sezilarli darajada oshgan. Eslatib o‘tamiz, Ukraina, Kanada, Chexiya, Avstriya va Gruziyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani xabar berilgan. Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat bahordagi ko‘rsatkichga qaytmoqda. Bir oydan beri turistlar uchun ochiq bo‘lgan Turkiyada koronavirus tarqalishi yana avj olgan. Moskvada keksalarni uyda qolishga, ish beruvchilarni esa xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazish so'ralgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|