12:50 Olimlar semizlikning asosiy sababini aniqladi | |
AQShlik bir guruh mutaxassislar insonning semirib ketishiga organizmda toza suvning etishmasligi sabab bo`lishini aniqlashdi, deb xabar berdi Newinform.com nashri. Mutaxassislar semirishga to`yib ovqat eyish sabab bo`lolmasligini ma`lum qilishdi. O`tkazilgan tadqiqot natijasida semirib ketgan odamlar kerakli miqdorda suv ichmasliklari ma`lum bo`ldi. Gap sharbatlar, gazli suv va boshqa salqin ichimliklar haqida emas, gazsiz, toza suv haqida ketmoqda. Inson kun davomida ikki litr toza suv iste`mol qilishi lozim. Mazkur tadqiqotda yoshi 64 ga to`lmagan 10 ming nafar odam ishtirok etdi. Tadqiqot so`nggida semirib ketgan odamlar toza suvni kam iste`mol qilgani ma`lum bo`ldi. Muntazam gipogidratasiya tana vaznining oshishiga sabab bo`ladi. Semirishning oldini olish uchun ko`proq toza suv ichish lozim.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|