12:29 Olmazordagi “stolba”da portlash bo‘ldi | |
Hokimlikka ko‘ra, Olmazor tumanidagi Qora qamish dahasida joylashgan “Aʼlo” to‘yxonasining qarama-qarshisidagi podstansiyada 110 kVt yuqori kuchlanishli havo liniyasi 27-tayanch ustunida nomaʼlum sabablarga ko‘ra qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan yong‘in o‘z vaqtida o‘chirilib, muammo bartaraf etilgan. Hozirgi holatda 27-tayanch ustunida doimiy kuchlanish mavjud.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|