11:26 Organizm qarishini tezlashtiradigan mahsulotlar nomi e’lon qilindi | |
Yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlarga olimlar non va shirinliklar, gazlangan ichimliklar, shirin jo‘xori qalamchalari, desertlar, yarim tayyor mahsulotlar hamda dudlangan go‘sht mahsulotlarini kiritgan. Ushbu mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda konservantlar, bo‘yoqlar, shakar, yog‘ va tuz mavjud. Ularning tarkibida kletchatka va vitaminlar juda oz. Odatda yosh o‘tgan sari xromosomalar kamayib boradi, yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar esa bu jarayonni tezlashtiradi. Olimlar tajriba ishtirokchilarini kuzatdi. Natijada ishlov berilgan mahsulotlardan bir kunda uch porsiyadan ko‘proq iste’mol qilgan ko‘ngillilarda xromosomalar ikki marta tezroq qisqargani aniqlandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|