22:56 Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Pashinyanni masxara qildi | |
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘da urush tugaganini e’lon qilgandan keyin Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanni masxara qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ uchun mustaqil respublikaning huquqiy maqomini tan olishga erishmagan. “[Ushbu hujjatda] [maqom haqida] so‘z yo‘q, Pashinyan. Nima bo‘ldi? Bu nima, Pashinyan? Ehtimol, ko‘p yillar davomida bu shaharning so‘zi bo‘lib qolaveradi. Nima bo‘ldi, Pashinyan? Jebroilga boradigan yo‘lni asfaltlamoqchi edingiz. Vaziyat haqida nima deyish mumkin? Xo‘sh, Pashinyan, sizning darajangiz qayerda? Sizning darajangiz do‘zaxga tushdi, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Daraja yo‘q va men prezident bo‘lganimda bo‘lmaydi ham», – dedi Aliyev. Ma’lumot uchun, 10 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da urushni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida uch tomonlama bayonot qabul qildilar.
Manba: "aniq.uz"
| |
|