Главная » 2017 » Июнь » 16 » P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopiladimi?
14:09

P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopiladimi?


Iyun oyi boshida P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning vafot etishi ommaviy axborot vositalarining e’tibor markazidagi asosiy hamda ko‘p muhokama qilingan voqealardan biri bo‘ldi.

“Qalampir.uz” sayti orqali Ibrohimovning onasi Prezident Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘llagani, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgani, gumondor sifatida Islom To‘laganov haqidagi ma’lumotlar tarqatilgani va uning qo‘lga olingani, mazkur jinoyat ishini Bosh prokurorning shaxsan o‘zi nazorat qilayotgani, tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan davom ettirilayotgani, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori va uning ikki muovini ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar bergan edik.

Bugun,15 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani, boshqa qabul amalga oshirilmasligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Bunga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan bog‘langanimizda hali hech narsa aniq emasligi, bu bo‘yicha hukumatning qarorini kutishayotgani ta’kidlashdi.

Borovskiy tibbiyot kollejida esa qabul 20 iyundan ekanligi, hozircha muassasa yopilishi haqida hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘qligi ma’lum qilindi.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: P.F.Borovskiy, tibbiyot kolleji, yopiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz