12:57 Samarqand aeroporti yana yopiladi | |
Bu haqda, AviaAlertsUZ telegram kanalida maʼlum qilindi. Bunga, 11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tishi sabab qilib ko‘rsatilgan. Tashkilotga aʼzo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi arafasida iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston aʼzo. Shuningdek, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega. Eslatib o‘tamiz, Samarqand xalqaro eroporti bundan avvalroq ham 14-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan tijorat yo‘lovchi va yuk qatnovlari uchun yopilgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|