Главная » 2021 » Сентябрь » 30 » Pensiya va nafaqa oluvchilar diqqatiga!
21:06

Pensiya va nafaqa oluvchilar diqqatiga!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2753-son Farmoniga muvofiq pensiya va nafaqa pullari har oyning 27-sanasiga qadar to‘lanishi ta’minlanmoqda.

Xususan, to‘lovlar har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga borgan holda yetkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 131-moddasiga muvofiq 1-oktyabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» hamda 2 va 3-oktyabr — shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar ma’lum qilinadi:

— oktyabr oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa to‘lovlari naqd pul shaklida 4-oktyabr sanasidan boshlab amalga oshiriladi hamda belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi;

— pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi fuqarolarga mablag‘lar 4-5-oktyabr kunlari ularning bank plastik kartalariga yuklanishi ta’minlanadi, deya xabar beradi Pensiya jamg‘armasi Matbuot xizmati.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pensiya, nafaqa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz