Главная » 2017 » Май » 30 » Pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan jinoyat
17:39

Pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan jinoyat


Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bir necha bojxona qoidabuzarliklarining oldini olishdi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Poytaxtlik Yu.Venera nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, buyumlar orasida “CN-23” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 30 dona “Zolpiden Hemitartate” nomli psixotrop tabletkasi, 8 turdagi 410 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro K.Alisher nomiga xorijdan kelgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida 24 dona “Rocacet Plus” nomli tarkibida psixotrop moddasi bo‘lgan tabletkalar va 2 turdagi 88 dona dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan aybdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shu o‘rinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi fuqarolardan bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan 120-76-71 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pochta, jinoyat, dori, bojxona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz