Главная » 2017 » Июль » 23 » Pornografiyaning oilada qo‘llanilishininig zararli oqibatlari! (+18)
10:25

Pornografiyaning oilada qo‘llanilishininig zararli oqibatlari! (+18)


O‘tmishda pornografiya zodagon, amaldor va boy insonlar uchun hos bo’lgan illat edi. Bulardan boshqa odamlarning bunga imkoniyatlari bo’lmagan. Masalan, Sezar Tiberius’ni olaylik u o‘z nafsini qondirish uchun Misr papiruslariga chizilgan shahvoniy rasmlarni sotib olishiga to‘g‘ri kelar edi. Yoki o‘zining saroyiga shahvoniy sahnalarni qo‘yish uchun shahvoniy o‘yinlarga o‘rgatilgan qiz va yigitlarini taklif qilib ularni shaxvoniy harakatlarini tamosha qilib o’z nafsini qondirar edi. Bugungi kunga kelib barchasi keskin o’zgargan. Endi har kimning ham pornografiyaga qo‘li yetadi. Har qanday disk sotuvchilarida “faqat kattalar uchun” deb ajratilgan maxsus disklar mavjud. Yoki tugmachani ikki marta bosib internetdan istalgan shahvoniy filmni tomosha qilishingiz ham mumkin. Hozir pornografiyani topish juda oson, biz istasak ham istamasak ham bunday filmlar doim ko‘z o‘ngimizdadir. Hatto yosh bola ham oziq-ovqat do‘koniga onasi bilan kelib ularni ko‘rmasdan iloji yo‘q. Bugun biz Pornotopiya (Pornotopia) asrida yashamoqdamiz.

Pornotopiya asrida boshqa davr odamlari hech qachon bermaydigan oila va nikoh ahamiyatini shubha ostiga oladigan savollarni berishadi. Masalan, quyidagilar: Nega er va hotin birgalikda jinsiy hissiyotlaru shahvatini kuchaytirish uchun pornografiyadan foydalanishi mumkin emas? Yoxud uyqudan oldin ular birgalashib pornofilm ko‘rsalar bo‘lmaydimi? Axir bu uyat emasku, Yoshi katta bo’lsa, nikoxidagi jufti haloli bo’lsa…

Bunday o’ylashlar nafaqat noto‘g‘ri, balki ular quyidagi sabablarga ko‘ra mumkin ham emas:

* Er va xotin kinodagi barcha jarayonlarni bir-birida qo’llashga ta’bi tortmaydi (istisinolar mavjud)
* Bunday tomoshalar ularning ishqiy erkalatish-erkalanishlarini so‘ndiradi.
* Aksincha, ularda bir-biriga bo‘lgan jinsiy mayllikni zaif qiladi.
* Pornografiya lazzatni oshirishi mumkin bo‘lgan narsaga putur yetkazadi.

Keling, yuqoridagi to‘rt punktni navbatma-navbat ko‘rib chiqaylik.

Nega ular bularni birgalikda qilishmaydi?

Tasavvur qiling, uxlash vaqti keldi, kuyov va kelin pornografiya tomosha qilishmoqda. Kuyov kelinning o‘rniga kinodagi ayolni ko‘rib shahvati qo‘zg‘aydi, xirsi oshadi. Kelin esa kuyov o‘rniga kinodagi erkakni ko‘rib erkak kishi bilan qo‘shilish istagi kuchayadi. Keyin ular birga bo’lishadi. Savol: ular aslida kim bilan jinsiy aloqada bo‘lishadi? Birga bo’lganda barcha jarayonlarni qaytarishadimi? Balki ular ayni vaqtda faqatgina tanalari ishtirok etgan jinsiy aloqani bajarishar, biroq ularning hayollari bir-birlari bilan aloqada emasligi ravshanku kuyov o‘z xayolidagi o‘sha ayol bilan, kelin esa o‘z xayolotidagi o’sha erkak bilan… Kim uchundir, xayolotdagi juftlari-sheriklari jismonan bu yerda bo‘lmasligi – bu ahamiyatsiz kichkina detaldir, xolos.

Kuyov va Kelin bir erkak va bir ayol fohishani taklif qilishsa, o‘shalar bilan “qizib” olib, so‘ngra bir-birlariga o‘girilishsa-yu va jinsiy aloqani tugatish uchungina qovushishsa, bu holatdan xabar topgan inson nafrat hissini jilovlay olmasligi turgan gap. Eng achinarlisi shuki, Kuyov va Kelin aynan shu ish bilan band. Ular xayollaridagi boshqa odamlar ular bilan birga bo‘lmasa ham aynan ana o‘shalar bilan hayolan jinsiy aloqa qilmoqdalar.

Nega bunday filmlar ishqiy erkalanishlarni so‘ndiradi?

Ko‘p emas, 30 yilcha oldin “sevishganlar aloqasi” degan ibora sevishganlar orasida bo‘ladigan har qanday muammolar va muloqotni anglatar edi. Masalan, bir-birlarining qo‘llarini ushlash, ulkan-ulkan rejalar, sovg‘alar yoki oddiy shivirlashlar. Bu ibora sevishganlar bir-birlari uchun jon fido qilishga shay ekanligini anglatar edi. Afsuski bugun biz “sevishganlar aloqasi” iborasi bilan faqat jinsiy aloqani tushunadigan bo‘lib qoldik. Bu esa adashtirib qo‘yadigan omil (To’ydan avval jinsiy aloqa qilishni ilm-fan maslahat bermaydi).

Jinsiy aloqa er va hotinning o’rtasidagi muxabbatni mustahkamlash uchun eng muhim omil ekaniga qaramy, o’rtadagi muxabbatni so’nishiga ham sabab bo’lishi mumkin. Er-xotinning jinsiy aloqalari sevishning bir ko‘rinishi deyshimizga sabab shuki, er o‘z ayolini qondirish uchun unga xizmat qilar ekan, qaysidir ma’noda xushi boshidan uchadi; ayol ham erini qondirar ekan shirin xayollaru hissiyotlar og‘ushiga cho‘madi. Pornografiyacha qovushayotgan juft esa biri boshqasi haqida emas, faqat o‘zining qonishi haqida qayg‘uradi. Kuyov kelinini “rafiqam” deb emas, balki anavi ayol deb bilgani uchun faqat o‘zini qoniqtiradi; Kelin esa o’z turmush o’rtog’ini “erim” deb bilmagani uchun u ham o‘zinigina qoniqtirish bilan avvora bo‘ladi. Bu muhabbat emas, balki turmush o‘rtog‘ining tanasidan foydalanib qilingan aqliy masturbatsiyadir.

Nega pornografiya ularda bir-biriga bo‘lgan jinsiy mayllikni zaif qiladi?

Shunday qilib, pornografiya tomosha qilish er-xotinning jinsiy xirsini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi, lekin bu shahvat aslo bir-birlariga nisbatan emas balki filmdagi qahramonlarga ekani kundak ravshan. Bir tomonda er va boshqa tomondan xotin aslida umuman begona bir inson bilan jinsiy aloqada bo‘ladilar. Bular hali muammoning bir qismigina holos.

Ikkinchi qismi esa – pornografik xayolotga o‘rganib qolishlik. Kuyovga bir nazar soling. Agar u aloqa asnosida kelinning o‘rnida boshqa ayolni tasavvur qilsa, u o‘z xayolotlariga tobora bog‘lanib boradi va kelin unda shahvat uyg‘otmay qo‘yadi. Bundan tashqari uning xayoloti tezda o‘z kuchini yo‘qota boshlaydi. Uning shahvati qayta qo‘zishi uchun unga yana yangi xayolot kerak bo‘ladi bu degani yangi ayollarni xohlashlik. Avvalida boshqa bir ayolni o‘ylashi kifoya qiladi. Biroq bu xayolot juda qisqa vaqt ichida o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki xayol jonli odamning ta’siriga ega emasligi ma’lum fakt. Shuning uchun ham kuyovning xayoloti tez buzila boshlaydi.

Endi bu sho‘rpeshona nafaqat boshqa ayolni tasavvur qilishi kerak, balki boshqa xil ayolning boshqacha jinsiy aloqalarda ekanligini tasavvurida jonlantirishga majbur. Aks holda unda jinsiy shahvat uyg‘onmaydi. U nafaqat jinsiy aloqadan oldin, balki jinsiy aloqa vaqtida ham pornografiya ko‘rishni xohlashi mumkin. Bu yerda faqat xayolotlar bilan ish bitmasligi tayin. Endi u porno-xayolotlarini voqelikka olib o‘tishiga harakat qila boshlaydi.

Pornografiya qanday qilib lazzatni oshirishi mumkin bo‘lgan narsaga putur yetkaza oladi?

Ba’zan er va ayol o‘zlarining jinsiy munosabatlaridan qoniqmasligi oqibatida pornografiyaga murojaat qilishlari hayotda juda ko’p uchraydi. Ular pornografiya tomosha qilish orqali muammolaridan xalos bo’lishni o’ylashadi. Ko‘rganimizdek, pornografiyaday illat er-xotin aloqalaridagi muammolarni yechishlari uchun lozim bo‘lgan va lazzatni oshiruvchi omillarga putur yetkazadi.

Kinodagi jarayonlarni hayotda tadbiq qilishlik orqali lazzatlanishni ortirish mumkin deb o’ylashishadi va ba’zi holatlarda o’z juftlaridan bularni talab qilishadi. Qabul qilmagan juftlar ortasida nizo kelib chiqadi.

Qabul qilsa ham ma’lum vaqtdan keyin bu lazzat ham yetmay qolib, yangi sarguzashtlar ortidan quva boshlashadi.

Jinsiy dilsiyohlik juda ko‘p sabablarning oqibatidir. Ehtimol, er-xotin jufti jinsiy aloqaga egoizm (o’zini o’ylash) ruhida yondashayotgandir va berish o‘rniga faqat olishni xohlayotgandir. Ehtimol, ular pornografiyada ko‘rgan aloqalarni jinsiy hayotda ham kutgan yoki tasavvur qilgandirlar. Ehtimol, ularning biri kasaldir, xafadir yoki qarishdan qo‘rqayotgandir. Biroq aksar hollarda jinsiy dilsiyohlikka sabab ikki tarafning bir-biri ila sog‘lom aloqalar qura olmasligi bo‘lishi mumkin. Masalan, hayotiy tajribasi oz bo‘lganlar mudom janjal va xiyonat qilishlari yoki shunchaki o‘tirib gaplashib olish uchun vaqtlari bo‘lmasligi mumkin.

Hayotda to’g’ri tushunchaga ega bo’lganlar juftlar bunday muammolar domiga tushmaydi, tushishsa ham osonlik bilan yenga oladilar. Pornografiya esa bu muammolarni yecha olmaydi, balki yanada qiyinlashtirib yuboradi.

Har kim jinsiy hayot lazzatini o’zning qonuniy, halol juftidan topishi kerak.


Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Oila, Pornografiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz