17:07 «Poytaxt» keksi - yaqinlaringizni mehmon qiling! | |
Zarur masalliqlar (18 kishilik): 500 gr. un, 250 gr. yumshatilgan sariyog‘, 250 ml. sut, 200 gr. yong‘oq, 150 grammdan o‘rik murabbosi va qand upasi, 75 gr. shakar, 30 gr. quruq xamirturush, 4 osh qoshiq limon sharbati. Tayyorlanishi: 1. Sutni past olovda isitib oling. Unni tuz bilan aralashtirib, o‘rtasidan chuqurcha oching-da, issiq sutni soling. Quruq xamirturush, 1 choy shakar ham qo‘shing. Keyin hammasini aralashtirib, ustini yopib, issiq joyga 20 daqiqaga qo‘ying. 2. Maydalangan yong‘oqdan bezak uchun 50 gr. olib qo‘ying. Qolganini shakar, limon qirindisi, tuxum va yumshatilgan sariyog‘ bilan aralashtiring. Yong‘oqli aralashmani quyuqroq xamirga qo‘shib, yog‘langan keks qolipiga solib, yana 20 daqiqa qo‘ying. 3. 175 darajada qizdirilgan gaz pechiga keksni 40-50 daqiqaga qo‘ying. Pishgach, gaz pechida 15 daqiqa tursin, keyin oling. 4. O‘rik murabbosini past olovda ozgina qaynatib oling. Keyin keksga surting. Qand upasi va limon sharbatini aralashtirib, glazur tayyorlang. Uni ham keksga surtib, ustidan maydalangan yong‘oq seping. Tayyorlanish vaqti: 2 soatu 30 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|