Главная » 2020 » Октябрь » 15 » Poytaxt hokimligi sudda yutqazdi
12:38

Poytaxt hokimligi sudda yutqazdi


Tadbirkorning ikki yildan beri sarson qilib kelgan Toshkent shahar hokimligi sudda yutqazdi. Zimmasiga majburiyat olib, uni chala bajargach, yutqazadi-da.

Biznes-ombudsman matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Mirobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «NIYAT SERVIS» xususiy korxonasiga tegishli bino-inshootlar (mulklar 1 365 226 773 so‘mga baholangan) shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgandi. Yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlik sub’yektiga poytaxtning ikkita nuqtasidan bino berdi. Biroq berilgan inshootlar qiymati buzilgan bino qiymatidan 401 539 593 so‘m kam ediki, ikki o‘rtada kelishuv bitimi imzolanib, poytaxt hokimligi o‘rtadagi tafovut miqdoricha qo‘shimcha bino berish majburiyatini oladi.

Oradan ikki yil o‘tadi. Toshkent shahar hokimligi zimmasidagi majburiyat «tuya go‘shtini yeb» yotaverdi. Eh-he, bu orada tadbirkor ozmuncha joyga murojaat qilgani yo‘q...

Nihoyat, masalaga Biznes-ombudsman aralashib, tadbirkor manfaatini ko‘zlagan holda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga 401 539 593 so‘m kompensatsiya to‘lovlarini undirish yuzasidan da’vo ariza kiritdi. O‘z navbatida, sud da’voni muammosiz qanoatlantirdi.

...Bor gap shu. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: tadbirkor yutdimi? Bir qarashda masalaga nuqta qo‘yilganday. Biroq orada tadbirkorning ikki yili shamolga uchgani-chi? Ishbilarmonlar «vaqtim — naqdim» maqolini xush ko‘radi. Ayni maqolga poytaxt hokimining ham hurmati cheksizdir harqalay. Shunday ekan, adolat qaror topdi deyishga shoshmaslik kerak.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sudda, hokimligi, yutqazdi, poytaxt | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz