10:39 Odamlarni “kaltafahm” degan Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi ishdan olindi | |
Facebook’dagi munozara vaqtida odamlarni “kaltafahm” degan Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov ishdan olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ma’lum qildi. AOKA Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy munozara paytida davlat xizmatchisining maqomiga xos bo‘lmagan tarzda o‘z fikrini noto‘g‘ri shaklda bildirib, muloqot madaniyatining umumqabul qilingan me’yorlarini buzganini ma’lum qildi. Chirchiq shahar hokimligi matbuot kotibi Faxriddin Qodirov Facebook’dagi munozara vaqtida: “Men o‘ylamagan edim odamlar bunchalik kaltafahm deb. Men tarqatgan xabar o‘qimishli inson uchun oddiy hol, (tupoy) yoki o‘zidan (tupoy) yasab olgan kaltafahmlar uchun buni tushunish qiyin”, deya yozib qoldirgandi. Xabarda Agentlik barcha matbuot kotiblarini so‘zga mas’uliyatli bo‘lish, o‘z vazifalariga jiddiy yondashish, shuningdek, aholi so‘rovlariga tezkorlik bilan javob berishga chaqiradi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|