17:24 Poytaxtdagi maktablarning yarmidan ko‘pi pandemiya vaqtida o‘qitishga tayyor emas | |
Toshkent shahridagi 50 foizdan ziyod maktablar o‘quvchilarni karantin sharoitida o‘qitishga tayyor emas. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahar va tumanlar Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan poytaxtdagi umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorligi masalasi o‘rganilgan. Xulosalarga ko‘ra, Toshkentdagi 318 ta maktabning 174 tasi karantin sharoitida o‘qitishga tayyor emas. Qolgan 144 tasining ko‘pchiligida ham ma’lum kamchiliklar bor.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|