Главная » 2021 » Апрель » 8 » Prezident 6 kishini ishdan oldi, 5 kishiga “hayfsan”, ikkisiga muhlat berdi
19:39

Prezident 6 kishini ishdan oldi, 5 kishiga “hayfsan”, ikkisiga muhlat berdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlaridan tashqari yana bir necha rahbarlar lavozimidan ozod etildi. 

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i Azamat Bozorov, Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Rajabov, Navoiy viloyati Markaziy bank boshqarmasi boshlig‘i Saidov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyev ham bor. 

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Viloyat prokurori Tojiyev, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sotvoldiyev, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, viloyat prokurori Ahmedovga “hayfsan” berildi. 

“Agar uch oyda mana shu rahbarlar keskin o‘zgarmasa, hammasini ishdan olaman”, deydi Prezident. 

Shuningdek, yig‘ilishda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Tosboyev va Soliq boshqarmasi boshlig‘i Botir Aliyev ushbu lavozimga mart oyida tayinlangani bois, ularga ham uch oy sinov muddati tayinlandi. 

“Ushbu yangi rahbarlar ham natija ko‘rsatmasa, ishdan ketadi”, deydi Mirziyoyev.  


Manba: "qalampi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hayfsan, Muhlat, ishdan oldi, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz