15:24 Prezident korrupsiyaga qarshi yangicha kurash taklifi bilan chiqdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev korrupsiya va byurokratiyaga batamom barham berish uchun aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida AKTni jadal rivojlantirishni taklif etmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari korrupsiya to‘g‘risida gapirarkan, u rivojlanishimiz oldida turgan eng katta tushovligini yashirib o‘tirmadi. «Biz korrupsiya va manmanlikni yo‘qotsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Mana, shu kunlarda «Davlat xizmatlari markazi»ni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladik. Tez orada xizmat ko‘rsatishda elektronlashtirish ko‘payadi», deydi prezident. Bu nima degani? Endi tegishlicha ro‘yhatdagi ma’lumotnoma, qog‘oz bilan oid hujjatlar ana shu markaz tomonidan elektron tarzda taqdim etiladi. Masalan, oliy ta’lim muassasasida qabul imtihonlari uchun hujjatlarni abiturient o‘zi yashab turgan tumandan chiqmasdan, masofadan turib, topshirishi mumkin. Yoki haydovchilik guvohnomasini olish uchun viloyat markazidagi YHXB binosiga borib, navbat kutishi shart emas. Eng muhimi xizmatlarning elektron tizimga o‘tkazilishi ikki omilga qattiq ta’sir etadi: o‘rtada inson omili aralashmaydi (o‘z-o‘zidan korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘yish xavfi ancha pasaygan) va ko‘plab resurslar, jumladan vaqt hamda xarajatlar iqtisod qilinadi.
Manba: "kun.uz"
| |
|