Главная » 2020 » Сентябрь » 24 » Prezident “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
20:02

Prezident “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

•    maktabgacha ta’lim va tarbiya;
•    umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
•    professional ta’lim;
•    oliy ta’lim;
•    oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
•    kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
•    maktabdan tashqari ta’lim.

Umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga oladi.

O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.

Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.

Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.

O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.

Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

Shuningdek, mazkur Qonun bilan,1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qonunni, imzoladi, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz