Главная » 2018 » Март » 29 » Prezident yangi qarorni imzoladi
20:30

Prezident yangi qarorni imzoladi


O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori (28.03.2018y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Ushbu Qarorga ko‘ra:

- o‘simliklar karantini sohasidagi xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga qo‘shimcha 176 shtat birligi, shu jumladan 121 o‘simliklar karantini bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari, 55 avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlari shtatlari ajratiladi;

- 2018-2020 yillarda O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 15 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratiladi;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kamida 2 tadan o‘simliklar klinikasi tashkil etiladi;

O‘simliklar klinikalari:

- 2018 yilning 1 iyulidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar yer solig‘i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig‘idan hamda yagona soliq to‘lovlarini to‘lashdan;

- 2020 yilning 1 yanvariga qadar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlarga ko‘ra o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatini takomillashtirish hamda mamlakatda karantin holatni yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli hajmda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asbob va priborlar, mashina va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadi.

Shuningdek, Qaror bilan avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorning to‘liq matni matbuotda e’lon qilindi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yangi qaror, prezident, imzoladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz