11:58 Prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari g‘alaba qozondi — Qozog‘iston | |
Kecha, 20-noyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev 82,45 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Saylovlar bo‘yicha birinchi “exit-poll” ma’lumotlarini “Ochiq jamiyat” mintaqaviy tadqiqotlar xalqaro instituti nomladi. So‘rov natijalariga ko‘ra, ovoz berish natijalari quyidagicha bo‘lgan: Qosim-Jo‘mart To‘qayev – 82,45 foiz; Karakat Abden – 2,54 foiz; Nurlan Auyesbayev – 2,17 foiz; Jiguli Dayraboyev – 3,33 foiz; Meiram Kajiken – 2,23 foiz; Saltanat Tursinbekova – 2,08 foiz; Shuningdek, 5,2 foiz saylovchilar hech kimga ovoz bermagan bo‘lsa, ikki foiz saylov uchastkasida natijalar haqiqiy emas, deb topilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|