Главная » 2020 » Май » 25 » Propiska to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi
13:29

Propiska to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi


O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Yangi hujjat 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.

Unga ko‘ra, fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 15 kun ichida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart (hozir 10 kun muddatda).

DXMlar va YAIDXP orqali ro'yxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Doimiy ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi MvaFRBga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

Fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.

Murojaat qilingan kunning o‘zida fuqaroning pasportiga avvalgi doimiy ro‘yxatini bekor qilinganligi to‘g‘risida shtamp bosiladi va fuqaroning xohshiga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi.

Ya’ni, ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish uchun 1 kun talab etiladi. Hozir bu uchun 3 kun vaqt sarflanadi.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: to‘g‘risidagi, propiska, tasdiqlandi, yangi nizom | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz