18:51 Qashqadaryoda er xotiniga buyragini berdi | |
Joriy yilning 7-noyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 45 yoshli ayolga turmush oʻrtogʻi bir buyragini berdi. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi. Qayd etilishicha, kosonlik 45 yoshli bemor ayol X.H. 13 yildan buyon surunkali glomerulonefrit kasalligidan aziyat chekib kelgan. Sakkiz oydan buyon gemodializ muolajalarini olib kelayotgan bemorga turmush oʻz buyragini berishga qaror qilgan. Mazkur operatsiya Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi xirurgiya boʻlimi boshligʻi, tibbiyot fanlari doktori, professor Farhod Xadjibayev rahbarligidagi guruh va mahalliy mutaxassislar ishtirokida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan. Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2018-yildan boshlab buyrak transplantatsiyasi amaliyotlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Qashqadaryoda ilk buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti 2020-yilning mart oyida bajarilgan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|