09:55 Qashqadaryolik oila chaqaloqlariga ism qo‘yish uchun prezidentdan ruxsat oldi | |
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani G‘ozliq mahallasi Qo‘tontepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi. Bu haqda «Nasafnews» sayti qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarovga asoslanib ma’lum qildi. Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31-avgust kuni Toshkent shahridagi Perinatal markazda tug‘ilgan. E’tiborlisi, ularga Prezident Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo‘yilgan. Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada Prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|